9 xil mazzali salat retsepti 1. «Tun» salati Masalliqlar: — Qaynatilgan tuxum 5 ta — Dudlangan tovuq go’shti 200 gr — Marinadlangan qo’ziqorin 200gr — Pishloq 100-150 gr — Ko’katlar bezash uchun — Mayonez yoki smetana Tayyorlanishi: Tuxum oqi va sarig’ini alohida qirg’ichdan o’tkazing. Go’sht va qo’ziqorinni mayda qilib to’g’rang. Pishloqni ham qirg’ichdan o’tkazing. Go’shtni mayonez bilan aralashtiring. Endi tartib bilan masalliqlarni tering: go’sht, qo’ziqorin, tuxum oqi, mayonez, pishloq, mayonez, tuxum sarig’i. Ko’katlar bilan bezang. 2. Suxarikli salat — Loviya qaynatilgan — Pomidor — Piyoz — Dudlangan tovuq go’shti — Ko’kat — Suxariki — Mayonez — Tuz va murch Hamma masalliqni kubik shaklida to’g’rab mayonez va tuz murch sepib aralashtiring. 3.»Nafislik» salati — Kraboviy palochki 200 gr — Qaynatilgan tuxum 6 ta — Qaynatilgan qizil sabzi 1 ta — Pishloq 70 gr — Mayonez Hamma masalliqni qirg’ichdan o’tkazib pishloqdan tashqari hammasini alohida mayonez bilan aralashtiring. Quyidagi tartibda tering: kraboviy, sabzi, tuxum oqi, pishloq, tuxum sarigi’. Ko’kat bilan bezang. 4. Tuxum quymoqli salat Кaram Qaynatilgan tovuq Mayonez bitta quymoqga: 1 osh q. sut va 1 ta tuxum karamni mayda to’g’rab tuz bilan ezg’ilang. Somoncha to’g’ralgan tovuq go’shtini qo’shing. Blinchik pishirib oling va uniyam mayda to’g’rang. Hammasini bir qilib mayonez va tuz sepib aralashtiring. 5.»Achchiqqina» salati — Qizil loviya sokligi 1 banka — Kraboviy palochki 100 gr — Pomidor 2 ta — Ko’kat 1 bog’ — Sarimsoq — Mayonez — Tuz va murch Tayyorlanishi: Hamma masalliqni mayda qilib to’g’rang. Loviyani suvini to’kib tashlang va hamma masalliqni bir idishga solib mayonez va tuz solib aralashtiring. Bu salatga yana suxari ham qo’shsa bo’ladi. 6. Konservali baliqdan salat Qaynatilgan kartoshka 3-4 ta Skumbriya balig’i konservasi 1 banka Piyoz 1 ta Qaynatilgan tuxum 3 ta Qattiq pishloq 100 gr Mayonez Tayyorlanishi: Piyozni to’grab qaynoq suvda yuvib tashlang. Qolgan masalliqlarni qirg’ichdan o’tkazib quyidagi tartibda tering: Kartoshka, baliq, tuxum oqi, pishloq, tuxum sarig’i, har bir qavatga mayonez suriladi. 7. Qo’ziqorinli salat Masalliqlar: — kraboviy palochki 150-200 gr — qaynatilgan tuxum 4 ta — marinadlangan qo’ziqorin 150 gr — qattiq pishloq 100 gr — makkajo’xo’ri 1 bankacha — mayonez — ko’katlar Tayyorlanishi: Kraboviy palochki va qo’ziqorinni mayda to’g’rang. Pishloq va tuxumni qirg’ichdan o’tkazing. Jo’xorini suvini to’kib tashlang. Tartib bilan tering: jo’xori, qo’ziqorin, pishloq, tuxum, kraboviy palochki. Qavatlarga mayonez suring. Yoki shunchaki hamma masalliqni mayonez bilan birga aralashtirsangiz ham bo’ladi. 8. Baliq va sho’r bodringli salat Masalliqlar: — Konservali baliq (istasangiz yog’li) 1 banka — Qaynatilgan kartoshka 2 ta — Qaynatilgan sabzi 1 ta — qizil piyoz 1 ta — Qaynatilgan tuxum 3 ta — Marinadlangan yoki sho’r bodring 2 ta — Mayonez — Tuz — bezagiga ozgina pishloq va ko’kat Tayyorlanishi: Кartoshka, sabzi va tuxumni qirg’ichdan o’tkazing. Baliqni vilka yordamida maydalang. Piyoz va bodringni juda mayda to’grang. Quyidagi tartibda salatni taxlang: kartoshka, bodring, sabzi, baliq, tuxum, har bir qavatga mayonez. Ustini pishloq va ko’katlar bilan bezang. 9. «Salom» salati — Dudlangan tovuq go’shti 200 gr — Bodring 150 gr — Marinadlangan qo’ziqorin 150 gr — Piyoz 1 ta — Qaynatilgan tuxum 4 ta — Mayonez — Tuz va murch — Ko’katlar Qo’ziqorin va piyozni to’g’rab qovuring. Go’sht va bodringni ingichka somoncha to’g’rang. Tuxumni qirg’ichdan o’tkazing, ko’katni mayda to’g’rang. Masalliqlarni terib chiqing: tovuq, bodring, qo’ziqorin, ko’kat, tuxum. Har bir qavatiga mayonez suring. Yoqimli ishtaha!!!